16:41 / 13.02.2016
4326

Indoneziyaning ikki samolyoti 4.8 km balandlikda to‘qnashayozdi

Indoneziyaning Garuda va Lion Air kompaniyalariga tegishli ikki layner Hind okeani ustidan 4.8 km balandlikda uchib o‘tayotgan chog‘da bir-biri bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi. Star nashrining yozishiga qaraganda, voqea 10 fevral kuni sodir bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, samolyotlar orasidagi vertikal masofa ma'lum vaqtda 122 m ni tashkil qilgan, havo harakati xavfsizligi talablarida esa bu ko‘rsatkich kamida 305 m ni tashkil qilishi lozimligi belgilangan. Garuda kompaniyasi layneri shundan so‘ng o‘zi yo‘lga chiqqan Surabay shahri aeroportiga qaytgan, boshqa havo kemasi esa Bali orollaridagi Densaparda qo‘ngan.

Top