09:55 / 13.02.2016
4157

"Mersedes" Sprinter furgoni ekstremal yuk mashinasiga aylantirdi

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining tyuning-hamkori RENNtech bilan birgalikda Chikagodagi avtosalonda Sprinter Extreme kontseptual yuk mashinasini namoyish qildi. Bu yuk mashinasi Sprinter 3500 Cab yuk shassining transformatsiyalanish variantlarini namoyish qiladi. Mashina kamuflyaj rang, maxsus yuk bo‘limi va turli "yo‘ltanlamas" aksessuaralar oldi.

Yuk bo‘limi Italiyaning Scattolini kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Mashinaning yuk ko‘tarishi 2900 kg dan 3400 kg gacha oshirildi. Mashina tomida 6 ta fonar o‘rnatildi. Mashina, shuningdek, G-Class yo‘ltanlamasi uslubidagi, yo‘ltanlamas pokrishkalarga ega g‘ildiraklar, maxsus chiqarish tizimi, radiator panjarasidagi emblema esa podsvetka bilan jihozlandi.

Dvigatel o‘zgartirilmadi. Kontseptning kapoti ostida 161 ot kuchiga ega, 4 silindrli, dizelli BlueTEC turbomotori joylashgan. Uzatmalar qutisi – 7 pog‘onali "avtomat".

Sprinter furgoni bir necha bor turli tyuning-atelelar tomonidan turli ishlovlarga uchragan. Jumladan, yuk mashinasiga oltin suv yugurtirilgan kofeqaynatgich o‘rnatishgan, uni mebel va hojatxonaga ega ikki xonali apartamentlarga ham aylantirib ko‘rishgan.

Top