23:14 / 13.02.2016
6139

"Real" "Atletik" ustidan g‘alaba qozondi

Madridning "Real" klubi Ispaniya Primerasining 24-turida Bilbaoning "Atletik" klubini o‘z maydoni "Santyago Bernabeu"da 4:2 hisobida yutdi.

Madridliklar safida Krishtianu Ronaldu dubl va bitta golli uzatma qayd qildi. Xames Rodriges va Toni Kroos o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. "Atletik"da gollarni Xaver Eraso va Gorka Elustondo amalga oshirdi.

Ayni vaqtda "Real" 53 ochko yiqqan holda 2-o‘rinni egallamoqda, u "Barselona"dan bir ochko ortda qolmoqda. Biroq kataloniyaliklarda zaxirada yana 2 ta o‘yin bor. "Atletik" esa 35 ochko bilan 6-o‘rinni egallmoqda.

Ispaniya Primerasi. 24-tur
Real M – Atletik B – 4:2
Gollar: Ronaldu, 3 (1:0); Eraso, 10 (1:1); Rodriges, 37 (2:1); Kroos, 45 (3:1); Ronaldu, 87 (4:1); Elustondo, 90 (4:2).
Chetlatish: Varan, 83 (Real)

Top