Jahon | 07:14 / 13.02.2016
8123
2 daqiqa o‘qiladi

Viktoriya va Devid Bekxem yarim yil ayro yashaydigan bo‘ldi

Mashhur odamlar o‘zining jufti, farzandlari va oilasidan uzoqda bo‘lishga ko‘nikib qolishgan. Biroq bunday ayriliqlar bir oydan uzoqqa cho‘zilmasa bir gap-u, deyarli yarim yilga cho‘zilsa boshqa gap.   

Yaqin orada sobiq futbolchi Devid Bekxem va uning rafiqasi Viktoriya ham bir-birlaridan uzoqda o‘z hissiyotlarini vaqt bilan sinovdan o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Xorijiy OAVlar Viktoriya va Devid 2016 yilning yarmini turli shaharlarda, qit'alarda bir-birlaridan alohida yashashlariga to‘g‘ri kelishini ma'lum qilmoqdalar. Yaqin orada Viktoriya  o‘z biznesi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha uzoq davom etuvchi safarga jo‘nashi kerak: sobiq yulduz o‘zining moda imperiyasini barqaror kengaytirib bormoqda hamda Yevropa va Osiyoda bir nechta butiklar ochmoqda. Devid esa bu orada to‘rt farzandi – Bruklin, Romeo, Kruz va Xarperga ham otalik, ham onalik qilishiga to‘g‘ri keladi.

Devid farzandlari bilan odatdagidek Londonda emas, balki Los-Anjyelesda yashashiga to‘g‘ri keladi. U bu yerda uydagi yumushlari bilan birga o‘ziga tegishli futbl jamoasi bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.