20:34 / 14.02.2016
5471

Dunyodagi eng yirik Rubik kubigi namoyish etildi

Britaniyalik taniqli dizayner Toni Fisher dunyodagi eng yirik Rubik kubigini yasadi.

Bu "o‘yinchoq"ning vazni 100 kilogramm atrofida, yon tomonlari esa 1,5 metrdan. U odatdagi Rubik kubiklaridan 20 ming marta katta.

Fisherning aytishicha, o‘zidan oldin ham boshqalar shunday ulkan kubiklarni yasashga urinishgan, lekin eng kattasini uning o‘zi yasadi. U Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun ariza bilan murojaat etishini bildirgan.

Ushbu kubikni tasvirga olish jarayonidan keyin u buzilib sochilib ketgan, ayni vaqtda Fisher uni tiklash bilan band.

Top