10:08 / 14.02.2016
4556

Mini futbol bo‘yicha Yevropa chempionati finalida Ispaniya Rossiyani yengdi

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tkazilgan mini futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionati finalida Ispaniya va Rossiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv ispanlarning 7:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va ispaniyaliklar oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Finalga Ispaniya Qozog‘istonni, Rossiya esa mezbonlar serbiyaliklarni yenggan holda chiqqandi.

Mini-futbol. Yevropa chempionati. Belgrad (Serbiya). Final
Rossiya — Ispaniya — 3:7 (1:4).
Gollar: Romulo (20), Robino (32), Ivan Milovanov (40) — Aleks (9), Pola (16, 18), Mario Rivilos (17, 36), Migelin (31, 35).

Top