20:39 / 14.02.2016
4434

Suriya tashqi ishlar vazirligi Turkiya tomonidan o‘qqa tutishlarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash deb atadi

Suriya tashqi ishlar vazirligi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va Xavfsizlik kengashiga Turkiya tomonidan Suriya hududining o‘qqa tutilishini qoralagan va bu o‘qqa tutishlarni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash, deb aytilgan maktubni jo‘natdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Turkiyaning og‘ir artilleriyasi tomonidan Suriya hududlarining o‘qqa tutilishi terrorchilik guuhlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash va ularning jangovor ruxini ko‘tarishga urinishdir", deyilmoqda maktubda.

Suriya hukumati BMTni xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Turkiya qurolli kuchlarining Suriyadagi kurdlar pozitsiyalariga zarbalar berganini tasiqlagandi va kurdlar o‘zlari joylashgan A'zas qishlog‘ini tark etishi kerakligini aytgandi.

Suriyalik kurdlar Turkiyaning talabini bajarishdan bosh tortgan.

Top