07:47 / 14.02.2016
9115

Turkiyalik harbiylar Suriya armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutdi

Turkiya qurolli kuchlari artilleriya qurollaridan Suriya armiyasining Lataqiyadagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

"Turkiya artilleriyasi Suriya armiyasining Lataqiyaning Aliya tumanidagi pozitsiyalariga qarata o‘t ochdi", deb aytdi manba.

Reuters axborot agentligining Turkiya hukumatidagi manbasi bundan avval turk harbiylari Suriyaning shimolidagi kurd pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma'lum qilgandi. Turkiya bosh vaziri bu ma'lumotni tasdiqladi. 

Top