19:42 / 15.02.2016
4740

Amerikalik ayol soch turmagi yoqmagani uchun sartaroshni otib tashlamoqchi bo‘ldi

AQShlik Endrian Blansh Sueyn sochining turmagi yoqmagani uchun kaliforniya qaytib, sartaroshni otib tashlamoqchi bo‘ldi. Daily Mail`ning xabar berishicha, to‘pponchadagi nosozlik sabab, bu reja amalga oshmadi va sartarosh Menni Montero omon qoldi.

Monteroning ta'kidlashicha, Sueyn xizmat haqiga $20 dollar to‘lagan va yana $20 dollar qo‘shib bergan. U salonni rozi holda tark etgan. Biroq bir soatlar vaqt o‘tib, yana go‘zallik saloniga qaytib kelgan va soch turmagidan shikoyat qilgan. Shu payt jaxl ustida Monteroni 3 marotaba otishga harakat qilgan. Sartaroshning gaplariga ko‘ra, mijoz qaytganida butunlay boshqacha soch turmagida bo‘lgan.

Montero va uning hamkasbi Suenynni zararsizlantirib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishgan.

Top