15:31 / 15.02.2016
2348

IATA: 2015 yilda aviahalokatlar soni qisqardi

2015 yilda aviahalokatlar va ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari qisqardi, deya xabar bermoqda Interfaks Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan berilgan yangi statistik ma'lumotlarga manba ko‘rsatgan holda. Statistikaga teraktlar vaqtidagi halokatlar va samolyotni qasddan yo‘q qilish holatlari kiritilmagan.

2015 yilda uchishlar vaqtidagi 68 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 2014 yilda mazkur ko‘rsatkich 77 tani tashkil etgan edi. 2015 yilda faqat 4 ta halokat o‘lim bilan yakunlangan, mazkur ko‘rsatkich 2014 yilda 12 ta holatni tashkil etgan edi.
O‘lim holatlarining umumiy miqdoridan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bu hayratlanarli darajadagi xavfsiz yil bo‘ldi” – deya xabar bermoqda IATA.

2015 yilda samolyot qulashi holatlarida 136 ta kishi halok bo‘lgan, 2014 yilda ularning soni 641 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Fransiya va Misrda sodir bo‘lgan yirik aviahalokatlar statistikaga kiritilmagan, chunki Germanwings uchuvchisi Andreas Lubits samolyotni bortdagi yo‘lovchilari bilan qasddan halokatga duchor qildi, «Kogalimavia» reysidagi portlash texnik nosozlik sababli emas, bortga o‘rnatilgan bomba tufayli yuz bergan. Agar mazkur halokatlar oid ma'lumotlar hisobga olinganida, 2015 yilda qurbonlar soni 510 kishini tashkil etgan bo‘lar edi.

IATA tarkibiga 260 ta aviakompaniyalar kirgan, bu esa dunyodagi 83 foiz havo almashinuvlarini tashkil etadi.

Top