Fan-texnika | 10:26 / 15.02.2016
10268
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 7’ning haqiqatga yaqin kontsepti namoyish etildi

Braziliyaning Kabo Frio shahrida istiqomat qiluvchi dizayner Artur Reys 2016 yilning sentabr oyida taqdim etiladigan iPhone 7 dizayni uchun ikkinchi kontseptni ishlab chiqdi va Behance xizmatidagi o‘z sahifasida uning rasmi va videotasvirini e'lon qildi.

U model dizayni uchun iPhone 6s flagmenini asos qilib olgan. Kontseptning displeyi paneli yangi smartfonning displeyi haqida haqqoniy tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Dizaynerning tasdiqlashicha, uning iPhone 7 uchun ikkinchi loyihasi amaliy jihatdan ham kelajakdagi qurilmalarning tashqi ko‘rinishi bilan butunlay mos keladi.

Artur Reys avvalgi flagmenlarga nisbatan uning korpusi ixchamroq bo‘lishini istagan. Loyihaga suvga chidamli va 3D Touch texnologiyasi asosidagi AMOLED-displeyi o‘rnatilgan.

An'anaviy 3,5 mm.lik audiojyek mavjud emas. Uning o‘rnini qo‘shimcha dinamiklar egallagan. Dizayner apparatning tashqi ko‘rinishi ustida ham ishlagan va simsiz garnituralar, shuningdek, modelning simsiz quvvatlash qurilmasi bo‘lishiga ham e'tibor qilgan.

Dizayner Artur Reys bo‘lajak Apple iPhone 7 smartfoni uchun birinchi kontseptni yanvar oyi o‘rtasida, Behance xizmatining o‘z sahifasida namoyish etgandi.