10:08 / 15.02.2016
18761

Messi "Selta"ga qarshi o‘yinda penalti zarbasini kombinatsiyaga aylantirdi

Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi hamda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin davomida kataloniyaliklar o‘zlarining to‘rtinchi golini penaltidan kombinatsiya orqali urishdi.

Messi to‘pni to‘g‘ri darvozaga emas, biroz yon tomonga yumalatib qo‘ydi. Suares jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozani ishg‘ol qildi.

Qayd etish kerakki, Messi bu vaziyatda golni o‘zi urganida bu uning "Barselona"dagi 300chi goli bo‘lardi. U yubiley golini penaltidan urishni istamadi.

Ushbu vaziyatni quyidagi videolavhada tomosha qilish mumkin.

Top