21:50 / 15.02.2016
4686

OAV: Deniyel Kreyg yangi serialdagi roli sababli josus Jyeyms Bond roliga qaytishi dargumon bo‘lmoqda

Britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg yangi serialdagi roli sababli josus Jyeyms Bond roliga qaytishi dargumon bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda Sky News. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, aktyorga Jonatan Franzenning "Pyuriti" kitobining televizion sahnalashtirilishida rol taklif qilingan. Ayni vaqtda bu serialning 20 ta seriyasiga buyurtma berilgan, bu esa Kreygning josus 007 roliga qaytish ehtimolini murakkablashtirishi mumkin.

Aktyorning josus roli bilan xayrlashishni istayotgani haqida hozircha rasmiy ma'lumot yo‘q. Avvalroq Kreyg Bond haqidagi filmlarda o‘zining ishtiroki borasida qaror qabul qilmaganini aytgan.

Kreyg Bond rolini birinchi marta 10 yil avval " Kazino "Royal" filmida ijro etgan. Bond haqidagi uning ishtirokidagi 4-film "007: Spektr" "Yulduzlar janglari: Kuchning uyg‘onishi" filmidangina ortda qolib, 2015 yilda Buyuk Britaniyaning eng kassabop filmlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egallagan.

Ta'kidlanishicha, yangi serialning prodyuseri avval Kreyg bilan "Ajdarho tatuirovkasi bor qiz" filmida birga ishlagan Skott Rudin bo‘ladi.

Top