08:30 / 15.02.2016
4737

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Livanni mag‘lub etdi

14 fevral kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Ushbu o‘yin Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarni Eldor Shomurodov hamda Server Jyeparov kiritdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy o‘yinlari Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida mart oyida bo‘lib o‘tadi. Babayan shogirdlari 24 mart kuni Filippin, 29 mart kuni esa Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichida 6 o‘yindan keyin 15 ochko to‘plagan holda, “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi KXDR terma jamoasi hisobida 7 o‘yindan keyin 16 ochko bor.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

14 fevral, Dubay.

O‘zbekiston – Livan 2:0

Gollar: E. Shomurodov, S. Jyeparov

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov, Kamoliddin Tojiyev, Otabek Shukurov, Davron Xoshimov, Javohir Sohibov, Jamshid Boltaboyev, Stanislav Andreyev, Server Jyeparov, Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev

Zaxira: Eldor Suyunov, Shuhrat Muhamadiyev, Sherzod A'zamov, Javlon Mirabdullayev, Azim Ahmedov, Jasur Hasanov, Sanjar Shoahmedov, Doston Hamdamov, Marat Bikmayev, Islom To‘xtaxo‘jayev.

Top