Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:38 / 15.02.2016
3553
1 daqiqa o‘qiladi
"Rubin"ning "Amkar"ga qarshi o‘yini vaqtida kuchli shamol darvozani surib tashladi
Ispaniyada o‘tkazilayotgan qishki yig‘in doirasida Rossiyaning "Rubin" va "Amkar" jamoalari o‘zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
O‘yin vaqtida shamol kuchaydi va birinchi taym oxirlarida shamol ta'sirida qozonliklar darvozaboni Sergey Rijikov qo‘riqlayotgan darvoza bir necha metr ortga surilib ketdi.
Bu vaziyatda futbolchilar unga darvozasini o‘z joyiga qaytarishda yordam bergan. Shamol kuchi keyinroq pasaygan va o‘yin to‘xtatilmagan. Yakunda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish