15:27 / 16.02.2016
3655

Ar-Riyod Suriya muxolifatchilarini qudratli qurol-yarog‘ bilan ta'minlashga tayyor ekanini bildirdi

Saudiya Arabistoni Suriya muxolifatchilarini qudratli qurol-yarog‘ bilan ta'minlashi mumkin. Bu haqida Qirollikning mudofaa vazirligi maslahatchisi Ahmad Asiriy ma'lum qildi, deb yozadi Ria.ru.

Asiriyning so‘zlariga ko‘ra, qirollik o‘rtamiyona guruhlarga rahnamolik kiluvchi mamlakatlar bilan ularga Saudiya Arabistonidagi yagona boshqaruv markazi orqali o‘z yordamini yo‘naltiradi.

“Suriyaliklar mamlakatda o‘z haq-huquqlarini qo‘lga kiritmagunicha, Qirollik suriya muholifatchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, deydi Ahmad Asiriy.

Fevralning boshida rasmiy Ar-Riyod Suriyadagi quruqlikdagi janglarda ishtirok etish uchun qurolli kuchlarini yuborishga tayyor ekanini bildirgandi. 15 fevral kuni Saudiya Arabistoni hududida “Shimol yashini” nomli harbiy o‘quv mashg‘ulotlar boshlandi. Unda 20 ta mamlakat harbiy kuchlari ishtirok etmoqda.

Top