Jamiyat | 09:24 / 16.02.2016
18065
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik ayol sochni bir yil shampunda yuvmaslik oqibatini o‘z boshida sinab ko‘rdi

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi 28 yoshli Keyli Konvey 2015 yilning martida sochlarini shampunda yuvishni to‘xtatdi. U o‘tgan vaqt davomida faqat tabiiy vositalar bilan soch yuvib kelgan. U bunda uksus va tuproqdan foydalangan.

Konvey xonimning aytishicha, bu orqali uning sochidagi yog‘lashish normallashgan va endi u sochini 4 kunda bir marta yuvishi ham kifoya qiladi. U o‘zining tajribasi natijasidan qoniqqan va odatdagi vositalarga qaytmoqchi emas.

"Mening sochlarim avval hozirgidek sog‘lom va ipakdek muloyim bo‘lmagan. Endi sochlarim to‘kilmayapti va yorqinroq jilolanmoqda", deydi uning o‘zi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish