13:02 / 16.02.2016
3001

Britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran «Gremmi» mukofotini qo‘lga kiritdi

Bugun, 15 fevral kuni Los-Anjyeles shahridagi Staples Center’da «Grammy» mukofotining 58-taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran «Thinking Out Loud» qo‘shig‘i uchun “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” nominatsiyasida «Gremmi» mukofoti bilan taqdirlandi, deb yozadi The Verge.

Bu yo‘nalishdagi nomzodlar orasida Kendrik Lamar(«Alright») va Teylor Svift («Blank Space»)lar ham bor edi.
Mukofotni 24 yoshli qo‘shiqchi Ed Shiranga «Gremmi»ning 25 karra sohibi Stivi Uander topshirdi.
Kendrik Lamar «Gremmi» taqdimot marosimida 4 ta yo‘nalishda mukofot olgan bo‘lsa, g‘oliblar qatorida AQShning sobiq Prezidenti Jimmi Karter. ham bor.

Top