10:25 / 16.02.2016
3493

Kichkina Jorj Bush o‘z ukasi Jyeb Bushning saylovoldi kampaniyasida birinchi marta ishtirok etdi

AQShning 43-prezidenti Kichkina Jorj Bush o‘z ukasi, Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bushning saylovoldi kampaniyasida birinchi marta ishtirok etdi. Jyeb Bush AQSh prezidenti saylovlarida Respublikachilar partiyasidan ishtirok etmoqda.

Jorj Bush Kolumbiya shahridagi saylovoldi namoyishida ishtirok etdi va bu yerda "Amerika legioni" urush faxriylari tashkiloti a'zolari bilan uchrashdi, so‘ngra Charlston shahridagi namoyishga yo‘l oldi.

AQSh prezidenti lavozimiga yana bir nomzod Donald Tramp Jorj Bushning ukasining saylovoldi kampaniyasida ishtirok etishiga darhol o‘z munosabatini bildirdi. "Agar sobiq prezident o‘z ukasining kampaniyasida ishtirok etsa, unda fikrimcha, uning avvalgi, jumladan ehtimol avval e'tibor tortmagan faoliyatini sinchkovroq o‘rganib chiqilsa yaxshi bo‘lardi", deb aytdi Tramp Janubiy Karolinada jurnalistlar bilan uchrashuvida.

Tramp avvalroq ham matbuot-anjumanlarida bir necha bor 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlarni nazarda tutib, " Jahon savdo markazining minoralari Jorj Bush prezident bo‘lgan vaqtda qulaganini" eslatib o‘tgan.

Jorj Bush ukasining saylovoldi kampaniyasida Janubiy Karolinada 20 fevralda bo‘lib o‘tadigan birlamchi saylovlardan oldin ishtirok etmoqda. Bu yerda shtatdan Respublikachilar partiyasi milliy qurultoyiga saylangan 50 delegat AQSh prezidenti nomzodiga o‘z ovozini beradi va uning natijasiga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan rasmiy nomzodning nomi aytiladi.

Avvalroq 1 fevralda bo‘lib o‘tgan Nyu-Gempshirdagi birlamchi saylovlarda Jyeb Bushning onasi, 90 yoshli Barbara Bush o‘z o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlab ishtirok etgandi.

 

Top