19:00 / 16.02.2016
3246

«PSJ» bebosh futbolchisi Oreni 20 mln yevro evaziga sotib yubormoqchi

«PSJ» rahbariyati keyingi kunlarda jamoa muhitini buzuvchi harakatini amalga oshirgan va mojaro keltirib chiqargan futbolchisi Serj Ore bilan kelgusida hamkorlik qilmoqchi emas.

Shu bilan bir vaqtda jamoa uni shunchaki haydab yuborishni emas, transferga qo‘yishni rejalashtirgan.

Parijliklar bu 23 yoshli ivuarlik futbolchisini 20 mln yevro evaziga pullashni istashmoqda.

Bundan oldinroq jamoa prezidenti Nosir Al-Xalayfiy ijtimoiy tarmoqlarning birida jamoa bosh murabbiyi Loran Blan nomiga nomaqbul so‘zlarni ishlatgan klub himoyachisi Serj Ore bilan uzoq muddatli suhbat olib borgani haqida xabar qilingandi.

Ayni vaqtda klub ichida Orening bu qilig‘i bo‘yicha aniq bitta fikr yangramayapti. Rahbariyatning bir qator vakillari uni bu ishi uchun qattiq jazolash kerakligini aytayotgan bo‘lsa, boshqalari uni kechirish lozimligini ta'kidlashmoqda.

Loran Blan: Oreni jamoaga meni bunday sharmanda qilishi uchun olib kelmagandim

Top