20:41 / 16.02.2016
15117

"Real" muxlislari Ronaldu va Neymardan birini tanlashdi

Cadena Ser nashri jurnalisti Xesus Galego tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ma'lum bo‘lishicha, "Real" muxlislarining 80 foizi "Barselona" futbolchisi Neymarni Ronaldudan ustun ko‘rishadi.

Muxlislar Ronaldu Neymarga almashtirilishini istashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, keyingi vaqtlarda Ispaniya matbuotida "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ushbu 24 yoshli futbolchini o‘z jamoasiga olib kelishni istayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy mavsumda Neymar "Barselona" safida Ispaniya chempionati va boshqa turnirlarda 30ta o‘yin o‘tkazdi va 22ta gol urib, 12ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

2009 yildan buyon madridliklar safida o‘ynab kelayotgan Ronaldu esa joriy mavsumda 30 o‘yinda 32ta gol urgan va 11ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

«Real» Ronalduning o‘rniga Neymarni olib, unga 35 mln yevrolik maosh tayinlamoqchi

Onda Cero: Neymar «Real» bilan muzokara o‘tkazdi

«Real» Neymarning otasi bilan kelisha olsa, bu futbolchini tarkibiga qo‘shib oladi

Top