13:57 / 16.02.2016
2407

Saudiya Arabistoni o‘z harbiylari Turkiyaga joylashtirilganini inkor qildi

Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri maslahatchisi Ahmad Asiriy saudiyalik harbiylarning Turkiyaga jo‘natilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Sputnik axborot agentligi xabar tarqatgan.

Turkiyada ayni vaqtda Saudiya Arabistonining quruqlikda harakatlanadigan qo‘shinlari mavjud emas", degan vazirlik vakili.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu o‘tgan hafta shanba kuni, 13 fevralda Saudiya Arabistoni Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etish ehtimolini nazarda tutib, Turkiyaning Injirlik bazasiga qo‘shinlari va qiruvchi samolyotlarini jo‘natishini aytib o‘tgandi.

Ko‘p o‘tmasdan Turkiya va Saudiya Arabistoni hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagani haqida xabar berildi.

Mashg‘ulotlar Turkiyaning Konya viloyatida rejali asosda o‘tkazilayotgani, harbiy manyovrlarda Saudiya Arabistonining F-15 rusumdagi oltita qiruvchisi ishtirok etayotgani aytilgandi.

Top