13:45 / 16.02.2016
16820

Shohrux Xonni xaqorat qilishdi

Shohrux Xon «Raees» filmini suratga olishda qatnashish uchun bosh vazir N.Modining vatani Ahmadobodga kelganda «Shah Rukh Khan Hai Hai»! (“Shohrux Xon yo‘qol!) xitoblari bilan uning avtomobilini toshbo‘ron qilishdi. Voqeada hech kim jismoniy jabr ko‘rmagan. Bu suratga olish guruhining ikkinchi marta o‘ng qanot vakillari tajovuziga uchrashi.

Vandalizm (jaholat) – oqlab bo‘lmaydigan razillik va buni Alloh rizoligi yo‘lida qilinganini da'vo qilish – vijdonsizlik, deb hisoblaydi aktyor.

Shohrux Xon Hindistonda o‘sib borayotgan diniy murosasizlikni qoralab qilgan nutqini mahalliy aholi va hokimiyat tanqidiy kutib oldi.
«Raees» filmi 2016 yilda efirga chiqadi. Bunday tajovuzkorona munosabatlar tufayli suratga olish joyini o‘zgartirish ehtimoli ham mavjud.

Top