Jahon | 16:16 / 16.02.2016
5320
1 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchi hushini yo‘qotganida samolyotni qanday qilib qo‘ndirish mumkin?

Tijorat havo yo‘llari uchuvchisi, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Tim Morgan 10 daqiqali videoni omma e'tiboriga havola etdi. Unga ko‘ra, mazkur video yordamida har qanday odam “Boing 737” ni xavfsiz ravishda qo‘ndirishi mumkin.

Mazkur rolik Quora nashrining agar uchuvchi hushini yo‘qotsa, samolyotni qo‘ndirish uchun nima qilish zararligi to‘g‘risidagi savoliga qo‘shimcha javob hisoblanadi. Muhokama uchuvchilikka oid ko‘plab foydali ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi, u yerda kabinadagi tugmachalar va qurilmalar nima uchun javob berishi haqida javoblar mavjud.

Umuman olganda asosiy muammo shundaki, samolyotni qo‘ndirish imkoniyatiga ega bo‘lishdan oldin uchuvilar kabinasida bo‘lishingiz kerak. Agar bu amalga oshsa, mazkur videoni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz lozim.