Fan-texnika | 00:30 / 17.02.2016
10324
1 daqiqa o‘qiladi
Birinchi "KamAZ" yuk mashinasiga 40 yil to‘ldi
40 yil avval Tataristonning Naberejniye Chelni shahridagi zavod konveyeridan birinchi "KamAZ" yuk mashinasi chiqqandi. Shu vaqtgacha bu mashinadan 2 mln donadan ko‘proq ishlab chiqarilgan. Bu mashinalar nafaqat Rossiya, balki xorijiy bozorlarni ham egallagan hamda muntazam ravishda "Dakar" poygasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, avtosportda ham o‘zini a'lo darajada tavsiya qilgan. Bugungi kunda "KamAZ" bortli avtomobillar, egarli shatakchilar, samosvallar va turli maxsus texnikani ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, zavod haydovchisiz yuk mashinalarini seriyali tarzda ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda.