21:12 / 17.02.2016
3182

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri bahsli Folklend orollariga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jyeremi Korbin Argentina egalik qilish uchun bahslashib keladigan Folklend orollariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda La Nacion nashri.

Bu tashrif bunday darajadagi britaniyalik siyosatchining oxirgi 14 yil ichidagi orolga birinchi tashrifi bo‘ldi, deb xabar bermoqda nashr. Nashrning ma'lum qilishicha, hozirda "bosh muammo Argentina emas", balki leyboristlar yetakchisi Jyeremi Korbin hisoblanadi, u orollarga Argentina bilan birga egalik qilishni taklif qilgan.

Korbinning tashrifi Argentinaning yangi prezidenti etib Maurisio Makri saylanganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashgani ortida bo‘lib o‘tdi. O‘tgan oyda Argentinaning yangi prezidenti Davosdagi iqtisodiy forumda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashgan.

Argentina 1982 yilda Folklend orollarida Buyuk Britaniyaga qarshi harbiy harakatlar boshlagan, biroq bu urushda mag‘lub bo‘lgan. 2014 yilda orollar aholisi referendum orqali orollarning Britaniya hududi bo‘lib qolishi uchun ovoz bergan. Biroq Argentina bu qaror bo‘yicha bahslashishni davom ettirib kelmoqda.

Top