Jahon | 08:52 / 17.02.2016
2341
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Mudofaa vaziri: Tehron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqarmagan

Eron Mudofaa vaziri Husayn Dehqon Moskvaga tashrifi vaqtida «Rossiya 24» telekanaliga intervyu berdi va Eronning yadroviy qurollanishdan yiroqdaligi haqida aytib o‘tdi.

«Biz har doim halqaro xamjamiyatga yadroviy qurollanishdan yiroqdaligimizni ta'kidlaganmiz. Biz hech qachon yadroviy qurolni va ularni tashuvchi raketalarni ishlab chiqarmaganmiz. Bizning barcha ballistik raketalarimiz faqatgina himoya vazifasini o‘taydi», degan u.

Vazirning fikricha, bugungi kunda dunyoda «ko‘pchilik shuni tushunib yetdiki, Eron o‘zining xavfsizligini ta'minlash» yo‘lidan bormoqda va yadroviy qurollanishga «harakat ham qilgani yo‘q».

Shuningdek vazir Eron Rossiyadan faqatgina himoyalanish qurollarini sotib olish niyatida ekanini qo‘shimcha qilgan. Uning aytishicha, Eronning asosiy maqsadi o‘zining himoyalanish sifatini kuchaytirish orqali mintaqadagi barqarorlikni ta'minlashdan iborat.

«Eng asosiysi biz dushmanlarimizning ehtimoliy hujumlariga qarshi himoya ko‘rsata olishimizdir. Bundan tashqari, bizning qurolli kuchlar doktrinamizda boshqa mamlakatlarga agressiya o‘tkazish siyosati to‘g‘risida so‘z ham aytib o‘tilmagan», - deb hisoblaydi Dehqon.

«'»: Eron Rossiyadan 8 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ sotib olmoqchi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish