12:34 / 17.02.2016
4281

Garri Potter Shotlandiya bankini soliqlardan “qutqardi”

Shotlandiya Qirollik banki (Royal Bank of Scotland, RBS) bir necha yillardan buyon yosh sehrgar Garri Potter haqidagi filmga sarmoyasini ro‘kach qilib soliqlarni to‘lamay yurgan.

O‘rtacha bir milliard funt sterling (1,45 milliard dollar) qiymatidagi soliqlar g‘aznaga tushmagan, deb yozadi Bloomberg.

1997 yildan 2008 yilga qadar RBS filmlarni sotib olish, keyin ularni distribyutorlarga ijaraga berish orqali soliq imtiyozlariga ega bo‘lib kelgan edi. Studiya, hatto film foyda keltirmagan taqdirda ham 15-20 yil davomida bankka har yili qat'iy belgilangan summani to‘lab turishga rozi bo‘lgan.

Shotlandi Qirollik banki “Garri Potter va Azkabanning mahbusi”, “Garri Potter va olov Kubogi”, “Troya”, “Betmen: muqaddima”, “Charli va shokolad fabrikasi” va boshqa qator mashxur filmlarni sotib olgan.

Huquqshunos Jolion Moem fikricha, bu – “soliqlardan qochish maqsadida o‘ylab topilgan puxta o‘yinlar”, xolos. Shu o‘rinda u kelishuvlar noqonuniy bo‘lmaganini ham aytdi. 1997 yili Britaniya hukumati kino sanoatida ishtirok etadigan kompaniyalar uchun yaxshigina soliq imtiyozlarini kiritgan edi. Lekin 10 yildan so‘ng, uning shartlari og‘irlashtirilgan.

Top