09:20 / 17.02.2016
4580

"Lokomotiv" futbolchisi "Fenerbahche"ga qarshi o‘yin so‘ngida turklarga Putin surati tushirilgan maykasini ko‘rsatdi

Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Dmitriy Tarasov Yevropa Ligasining nimchorak finali doirasida Turkiyaning "Fenerbahche" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin (0:2) libosini yechdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan ichki maykasida maydon bo‘ylab yurdi.

Maykada Putinning surati ostida "eng xushmuomala prezident" yozuvi ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabrida Suriya va Turkiya chegarasida Rossiyaga tegishli samolyot turklar tomonidan urib tushirilgach, ikki mamlakat o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgan, Rossiya Turkiyaga qarshi bir qator sanksiyalar joriy etgandi.

Istanbuldagi o‘yin oldidan mezbon jamoa rahbariyati muxlislardan futbolga siyosatni aralashtirmaslikni so‘radi.

Lekin o‘yin o‘tkazilayotgan stadionga kirib kelayotgan rossiyaliklar avtobusiga mahalliy muxlislar tomonidan toshlar otildi.

Top