09:50 / 17.02.2016
2783

London yaqinidagi neft koni birinchi marta barqaror ravishda neft berdi

UK Oil and Gas Investments (UKOG) kompaniyasi o‘zlashtirayotgan London yaqinidagi Xors-Xill-1 neft qudug‘i birinchi marta barqaror neft oqimini berdi.

Kompaniya matbuot bayonotiga ko‘ra, bu yerda neft 900 metr chuqurlikdan o‘z bosimi bilan qo‘tarilmoqda. Sinovlar davomida kuniga 463 barrel neft qazib olishga muvaffaq bo‘lindi.

Bu xushxabar ortida UKOG kompaniyasining aksiyalari 77 foizga ko‘tarilib ketdi, biroq keyinroq pastladi hamda o‘sish 40 foiz darajasida o‘rnatildi.

Schlumberger kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, UKOG’ga neft qazib olishga ruxsat berilgan 55 kvadrat mil maydonda 10,9 mlrd barrel neft bo‘lishi mumkin.

Londonning Gatvik aeroporti yaqinida neft koni aniqlangani 2015 yil bahorida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda neft zaxiralari 50-100 mlrd barrelga baholangan. Kompaniya rahbariyati 2030 yilga kelib Buyuk Britaniyaning neftga bo‘lgan talabini 15 foizgacha ta'minlashini prognoz qilgandi.

Top