13:23 / 17.02.2016
3073

Mutaxassis: 2016 yilda Xitoyning byudjyeti ko‘p yillardan buyon birinchi marta kamomadli bo‘lishi mumkin

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi keltirgan ma'lumot bo‘yicha, 2015 yilda Xitoyda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'ati 6,9 foizni tashkil etdi, bu esa 1990 yildan buyon eng past ko‘rsatgichdir.

Ushbu yilda XXR byudjyeti taqchilligi 2 trillion yuan (306 milliard dollar) ni tashkil etadi. Bu IYaM hajmining 3 foiziga teng, deyiladi TASS xabarida.

Xitoyning ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Gao Peyyunning so‘zlariga ko‘ra, besh yillik (2016-2020 yillar) rejani amalga oshirish chog‘ida byudjyet taqchilligi ortib boraveradi. “Hozir soliqqa tortish tizimini isloh qilish jarayoni ketyapti, shuning uchun g‘aznaga tushumlarning susayishini oldini olish oson bo‘lmaydi”, -hisoblaydi u. “Islohotlar iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham olib borilyapti, bu esa byudjyetga tushadigan og‘irlikni yanada oshiradi” , -qo‘shimcha qildi iqtisodchi.

Top