15:26 / 17.02.2016
10721

Obama: Suriya – men va Putin uchun musobaqa emas!

AQSh Prezidenti Barak Obama Suriyada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan musobaqalashmayotgani haqida ma'lum qildi.

AQSh-ASeANning Kaliforniyadagi sammiti doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Barak Obama Suriya ikki davlat rahbari uchun musobaqa emasligini aytgan. Mintaqadagi azob-uqubatlarga barham berish, barqarorlikni ta'minlash, ommaviy migratsiyani to‘xtatish, turli qo‘poruvchiliklarni tugatish, terrorchilarning mamlakatda qulay jolashib olishiga chek qo‘yish masalasi xususida gap borayotganini ta'kidlagan.

Suriya muholifati: AQSh harbiy operatsiyalarni boshlashi kerak

2015 yilning 30 sentabridan Rossiya Suriya Prezidenti Bashar Asadning so‘rovi bilan “Islom davlati” va "Jyebxat an-Nusra" kabi terrorchi tashkilotlar obektlariga zarbalar berishni boshlagandi.

Parallel ravishda Suriya hokimiyatining maxsus guvohnomasi(mandat)ga ega bo‘lmagan AQSh boshqaruvidagi IShIDga qarshi koalitsiya(ittifoq) ham ularga zarba bermoqda.

Top