07:38 / 18.02.2016
4559

YeChL. "Real" safarda "Roma"ni mag‘lub etib qaytdi

17 fevral oqshomida Yevropa chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirildi.

Rimda "Roma" Madridning "Real" jamoasini qabul qildi. Zinedin Zidanning YeChLdagi ilk murabbiylik o‘yinida "Real" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. O‘yining 57-daqiqasida Krishtianu Ronaldu uchrashuvda hisobni ochdi. 86-daqiqaga kelib Xese ustunlikni oshirdi.

O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi madridliklar javob o‘yini oldidan vaziyatni yaxshilab olishdi. Javob o‘yini 8 mart kuniga belgilangan.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final
Roma — Real 0:2
Gollar: Ronaldu, 57, Xese, 86
Roma: Shesni — Florentsi (Totti, 87), Manolas, Ryudiger, Din — Pyanich, Venker (De Rossi, 77) — Salax, Nainggolan, El Shaaravi (Jyeko, 64) — Perotti
Real: Navas — Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo — Modrich, Kroos, Isko (Kovachich, 77) — Xames (Xese, 82), Benzema, Ronaldu (Kazemiro, 89)
Ogohlantirishlar: Varan, Ramos.

Top