22:56 / 18.02.2016
4132

Fizik-oshpaz gravitatsion to‘lqinlar prinsipi bo‘yicha sho‘rva uchun likopcha yaratdi

Fizik va oshpaz Natan Mirvold 2015 yil sentabrda aniqlangan makon-zamon "jimirlashi"ni – gravitatsion to‘lqinni taqlid qiluvchi konstruksiyaga ega, sho‘rva uchun antiqa likopchani loyihaladi. Bu haqda Popular Science nashri ma'lum qildi.

Oshpaz oshpazlik sohasida gravitatsion to‘lqinlarning spiral burmalanishini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Uning g‘oyasi bo‘yicha, ikkita spiral ariqcha ikkita sho‘rva uchun idish bo‘lib xizmat qilish kerak. Mirvold Wolfram’s Mathematica hisoblash tizimi yordamida ikkita qora tuynukning birlashishidan oldingi gravitatsion to‘lqinlarni taqlid qiluvchi matematik modelni qurdi. So‘ngra model alyuminiydan yasalgan uch fazoli konstruksiyaga aylantirildi, uning asosida gipsdan qolip yasaldi. Sho‘rva uchun likopchalarni bu qoliplar bo‘yicha sietllik kulol yasadi.

Gravitatsion to‘lqinlar 2015 yil 14 sentabrda AQShning Livingston va Xenford shaharlarida joylashgan ikkita egizak lazer interferometrik gravitatsion-to‘lqinli observatoriyalarda qayd qilingandi.

To‘lqinlar ikkita qora tuynukning (Quyoshdan 29 va 36 marta og‘irroq) ancha kattaroq aylanuvchi gravitatsion obektga (Quyoshdan 62 marta og‘irroq) birlashishidan oldingi oxirgi soniyaning bir necha ulushlarida hosil qilingan. Bu ikki tuynuk 1,3 mlrd yil avval birlashgan. Gravitatsion to‘lqin Yerga yetib kelishi uchun aynan shuncha vaqt kerak bo‘lgan.

Top