18:14 / 18.02.2016
2395

GFRda muhojirlar ishtirokidagi jinoyatlar miqdori ikki barobar oshdi

Germaniya politsiyasining maxfiy ma'lumotlari ochiqlanishidan keyin ma'lum bo‘lishicha, mamlakatda sodir etgan jinoyatlar soni 2015 yilda deyarli ikki barobarga oshgan.

"Germaniya Federativ Respublikasi 2015 yilda 1,1 millionga yaqin qochqinni qabul qilgan edi. Shu yili muhojirlar tomonidan amalga oshirilgan 208 ming 344ta jinoyat qayd etilgan. Bu 2014 yildagiga nisbatan 92mingtaga ko‘p. Eng ko‘p qonunbuzarlar suriyaliklar, albaniyaliklar va kosovoliklardir", deb xabar beradi Bild nashri.

Muhojirlar asosan “O‘g‘irlik”, “Bosqinchilik va firibgarlik”,”Chegaradan noqonuniy o‘tish” moddalariga tegishli qoidabuzarlikni amalga oshirishgan.

Bundan tashqari, terroristik aktlarga aloqador jinoyatlar soni ham o‘smoqda. Qochqinlarning chet davlatlarda terroristik tashkilotlar bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida 266ta ariza kelib tushgan.

Top