20:30 / 18.02.2016
4658

Oliy ta'lim vazirligida innovatsion hamkorlik bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan “Vazirlik tizimida oliy ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda vazirlik mutassadilari, oliy va o‘rta-maxsus ta'lim tizimidagi mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini tizimli tarzda rivojlantirish, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilayotgan amaliy ishlar muhokamasi anjuman kun tartibida ko‘rilgan eng muhim masalalardan bo‘ldi.

Konferentsiya davomida jurnalistlar vazirlik rahbariyatidan mavzu bo‘yicha eng so‘nggi o‘zgarishlar haqidagi ma'lumotlarni olishdi.

Top