19:30 / 18.02.2016
3024

O‘zbekiston hukumati maktablarni kompyuterlashtirish uchun 80 mln dollar yo‘naltiradi

Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, hukumat tomonidan umumta'lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlash uchun 2016-2017 yillarda 80 million AQSh dollari ajratiladi.

Mazkur mablag‘lar respublikadagi 3,9 mingdan ziyod maktablardagi informatika va xorijiy tillar bo‘yicha ta'lim sifatini yuksaltirishga ko‘maklashuvchi multimedia asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanadi. Joriy yilning o‘zida 1,6 mingta maktab kompyuter va elektron doskalar bilan ta'minlanadi.

Top