11:50 / 18.02.2016
2006

Xitoyda 2015 yilda 102,5 tonna giyohvand moddalar musodara qilindi

2015 yilda Xitoy huquq-tartibot muassasalari say'-harakatlari natijasida mamlakatda 102,5 tonna turli xildagi giyohvand moddalar musodara qilingan. Bu haqda 18 fevralda Xitoyning Giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashuvchi davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Lyu Yuetszin Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi vakillari bilan o‘tgan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

2015 yil natijalariga ko‘ra, Xitoyda giyohvand moddalarni iste'mol qilish yoki tarqatish bilan bog‘liq 165 mingta jinoiy ish tergov qilingan, bu faoliyat bilan shug‘ullanishda gumon qilinib 194 ming shaxs hibsga olingan, 102,5 ming tonna turli xildagi giyohvand moddalar musodara qilingan. Bu ko‘rsatkichlar 2014 yilga nisbatan mos ravishda 13,2 foiz, 15 foiz va 48,7 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot muassasalari tomonidan 8,7 tonna marixuana va gashish, 8,8 tonna geroin, 12 tonna metamfetamin va 97,7 kg kokain mosadara qilingan.

Top