20:14 / 19.02.2016
3220

«Barselona» yozda Osiyo va AQSh bo‘ylab turnega chiqishdan voz kechmoqchi

«Barselona» jamoasi joriy yilning yozida boshqa mamlakatlar bo‘ylab turnelar uyushtirmoqchi emas.

Bunday turnirlardan kattagina mablag‘ kelsada, jamoa rahbariyati bundan voz kechmoqchi.

Bu orqali futbolchilarning ko‘proq mashg‘ulotlar o‘tkazishi imkoni tug‘ilishi aytilmoqda.

Jamoa rahbariyati bu g‘oyaga jamoa manfaatlarini hisobga olgan holda to‘xtalgan.

Bundan tashqari, «Barselona» yozda Osiyo va Amerikaga, uzoq safarlarga borish o‘rniga Yevropa hududida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Bundan oldinroq, «Barselona» Londonning «Vest Hem» jamoasi uchun qurilgan yangi stadion ochilishida lonlonliklar bilan uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Top