Jahon | 10:37 / 19.02.2016
15561
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik o‘qituvchi o‘quvchilarini "sehrgarlarga aylantirdi" (suratlar)

Hindistonning Himolay tog‘ yonbag‘irlaridagi chet qishloqlardan biri Kalapda o‘qituvchi va fotograf Anshu Agarval o‘z o‘quvchilarini “Garri Potter” filmi qahramonlari ko‘rinishiga keltirdi. Ularning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan.

"Ingliz tilini yaxshiroq o‘rgatish niyatida Anshu Agarval bolalarga “Garri Potter” filmini namoyish etadi, film ularga juda yoqadi va o‘zlari ham sehrgar bo‘lib qolishni orzu qilishlarini bildiradilar", deb yozadi Mashable nashri.

Shunday qilib, jonkuyar o‘qituvchi o‘quvchilarini sehrgarlar ko‘rinishini eslatuvchi ko‘rinishda suratga oladi va ularni shunday fototahrir qiladi-ki, bolalar xuddi filmdagidek, osmonlarda supurgi minib uchib yurgandek taassurot qoldirishadi.

Aynan shu sehrli sahnalar uchun Agarval maxsus kiyimlar, supurgi va kursilar yasagan.