09:01 / 19.02.2016
4390

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidagi fotosessiya orqali 1,1 mln yevro ishlab olgani ma'lum bo‘ldi

Football Leaks nashri ma'lumotiga ko‘ra «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida telekommunikatsiya sohasidagi Mobily kompaniyasining reklamasiga tushgani evaziga 1,1 mln yevro miqdorida haq olgan.

«Saudiyaliklar 2013 yilda atigi to‘rt yarim soat davom etgan, 2ta reklama uchun o‘tkazilgan fotosessiya evaziga portugaliyalik hujumchiga 1,1 mln yevro to‘lagan, deyiladi xabarda.

U Saudiyaga safari vaqtida mahalliy muxlislar bilan uchrashib, ularga imzo tarqatgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda 2ta rolikni reklama qilgan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili 31 yoshli hujumchi o‘ndan ortiq reklama agentliklari bilan shartnoma tuzib, qariyb 30 mln yevro ishlab olgan.

Top