17:36 / 19.02.2016
2422

"Lokomotiv" jamoasining OChLdagi ilk o‘yini uchun chiptalar 22 fevral kuni sotuvga chiqadi

"Lokomotiv" stadionida 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan OChL doirasidagi "Al-Ittihod" jamoasiga qarshi bellashuv chiptalari 22 fevral kuni savdoga chiqariladi.

"O‘yin chiptalarini “Lokomotiv” stadioni kassasidan xarid qilish mumkin. Chiptalar hozircha ikki toifaga ajratilgan bo‘lib, ular sektoriga qarab 10.000 hamda 30.000 so‘m etib belgilangan", deyiladi jamoa sayti xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bellashuv 23 fevral kuni soat 15:00 da, “Lokomotiv” stadionida boshlanadi.

O‘yin rasmiylari va “Lokomotiv” jamoasining turnirga zayavka qilingan futbolchilari ro‘yxati bilan esa mana bu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Top