Jamiyat | 11:08 / 19.02.2016
31524
2 daqiqa o‘qiladi

Qari kuyovning 12 yoshli kelini bilan videosi ommaning noroziligini yuzaga keltirdi

Livanda kelinchak-qizchaning keksa kuyov bilan suratga olingani katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Kelin ko‘ylagidagi 12 yoshli qizaloq va yoshi anchagina ulug‘ kishining to‘y suratiga tushayotganlari atrofdagilarning e'tiborini tortdi. Ko‘pchilik o‘z noroziligni ochiq namoyon qildi, hatto, kuyovni jinoyatchi, deb ataganlar ham topildi.

“Juftlik” ularga e'tibor bermaslikka harakat qilsa-da, kuyov “Bu sizlarning ishingiz emas. Uning ota-onasi qarshi emas” deb o‘zini himoya qilib turgan.

Lekin “yosh er-xotin”ni tabriklagashni o‘ziga ep ko‘rganlar ham bo‘lgan.

Keyin ma'lum bo‘lishicha, bu video rolik Livanda keng tarqalgan voyaga yetmaganlarning nikohlariga qarshi kurashuvchi “Kafa” jamoatchilik tashkiloti buyurtmasiga asosan suratga olingan ekan. Livanda 6 foiz qizlar voyaga yetmasdan turmushga chiqishadi.

“Biz bu videoni muammoga xalqning e'tiborini jalb etish uchun tasvirga oldik. Bunday ko‘rinishlar odamlarni dahshatga solishi lozim, chunki bolalarning turmushga chiqishi, o‘z nomi bilan, dahshatli!”, izoh berishdi huquq himoyachilari.

Bu mojaroli rolikni 2 milliondan ortiq foydalanuvchi ko‘rgan va minglab g‘azabli izohlar qoldirilgan.