00:14 / 20.02.2016
4540

Aktyor Shaya LaBaf bir kunini liftda o‘tkazishga qaror qildi

Aktyor Shaya LaBaf o‘z hamkasblari bo‘lmish rassomlar Nastya Syade Ryonkkyo va Lyukom Ternerlar bilan 24 soat liftda yangi sahna namoyishini o‘ylab topdi. Mazkur performans boshlanganida, liftda hech qanday yo‘lovchi bo‘lmagan payt, rassomlar o‘zaro suhbat qurishadi. Kimdir liftga kirganda ular bilan ham suxbatlashadi.

Bularning barchasi Oksforddagi Oxford Union debatlar klubida bo‘lib o‘tadi. Performans orqali (Liftning yuqori qismiga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, siz yopiq eshiklarni ko‘rib, so‘zlashuvlarni eshitishingiz mumkin) bevosita uzatilib boriladi. Aktsiya 20 fevral kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 9 da yakunlanadi.

2015 yilning dekabrida LaBaf-Ryonkkyo-Terner uchligi boshqacha namoyish o‘tkazishgan edi. Liverpuldagi galereyalarning birida telefon raqamini yozib qoldirib, qo‘ng‘iroq qilganlarga uchovlon uch kun davomida javob berib borishgan. Mingdan ortiq qo‘ng‘iroq qilgan insonlarga “Siz mening yuragimni zabt eta olasizmi?”, deya savol berishgan.

Top