17:41 / 20.02.2016
6200

AQSh Prezidentligiga nomzod iPhone’ni buzib kirolmasa, botinkasini yeyishga so‘z berdi

AQSh Prezidentligiga nomzod, McAfee antivirus dasturi muallifi Jon Makafi Business Insider nashridagi o‘z chiqiqishida 3 haftadan kam bo‘lmagan muddatda mobaynida San-Bernardinoda odamlar joniga qasd qilgan qotilning iPhone`ini buzib kirishi haqida ma'lum qildi. Bordiyu Makafi buning uddasidan chiqa olmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida o‘z botinkasini yeyishga va'da berdi.

Xabaringiz bo‘lsa, Apple boshlig‘i Tim Kuk avvalroq uning kompaniyasi iPhone mijozi garchand qotil bo‘lsa ham, uning qurilmasini buzib kirishga rozilik bermasligi haqida ma'lum qilgandi. Kompaniya rahbari yozgan ochiq xatida jinoyatchining qulflangan iPhone`ni buzib kirishga qarshilik bildirgan.

Sud esa Apple kompaniyasiga himoya funksiyasini o‘chirib qo‘yish haqida buyruq berdi. Ma'lumki, iOS 10 marotaba noto‘g‘ri parol terilgach, barcha ma'lumotlarni avtomatik tarzda o‘chirib tashlaydi. Ana shunday holatda jinoyatchiga oid ko‘p ma'lumot yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Amerikaning bukmekerlari McAfee jamoasi iPhone`ni buzib kirishning uddasidan chiqadimi yoki Makafi botinka yeydimi, degan variantlar bo‘yicha stavkalarni qabul qilishni boshlab yubordi.

Top