11:04 / 20.02.2016
3256

Berluskoni: Donnarumma 2037 yilgacha "Milan" darvozasini qo‘riqlaydi

"Milan" jamoasi prezidenti Silvio Berluskoni Janluijji Donnarummaning sotilmasligini takrorladi.

"U ajoyib yigitcha. Uning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi a'lo darajada. Qolaversa unda o‘ziga xos xarakter bor. O‘ylaymanki, u "Milan"ning navbatdagi ramzi bo‘ladi.

16 yoshida u barchani hayron qoldirdi va takliflar bo‘lsada jamoani tark etmasligini bildirdi. U keyingi 20 yil davomida "Milan" darvozaboni bo‘lib qoladi", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mediaset Premium nashri.

Qayd etish kerakki, joriy mavsumda Donnarumma "Milan" safida Italiya A seriyasining 17 uchrashuvida ishtirok etdi va 6ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bundan oldinroq, uning agenti Mino Rayola bu yosh futbolchining transfer qiymati 170 mln yevroni tashkil etishi haqida aytgandi.

Top