15:55 / 20.02.2016
4948

Bir smartfon quvvatini boshqasiga o‘tkazish imkoni yaratildi

Kickstarter saytida PWR Mate nomli brelok uchun mablag‘ yig‘ish boshlandi. Yangi gadjyet bir smartfon quvvatini boshqasiga o‘tkazish imkonini beradi.

Qurilma ikki Micro-B USB portiga ega bo‘lib, ular yordamida ikki OTG (On-The-Go) funksiyasiga ega Android-smartfon quvvat almasha oladi.

Ixtirochilar PWR Mate’ning portativ akkumulyatorlardan farqi – uni quvvatlab yurish shart emas va u doimo yoningizda bo‘ladi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma 10 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

Top