07:28 / 20.02.2016
4233

Donald Tramp Apple’ni boykot qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Apple kompaniyasiga qarshi boykot e'lon qilishga chaqirdi.

Milliarderning bunday qilishiga Apple’ning Federal qidiruvlar byurosi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotgani sabab bo‘ldi. AQSh huquq-tartibot muassasalari Apple’ga san-bernardinolik terrorchining mobil telefonini ochishda yordam berishini so‘rab murojaat qilgan. Biroq kompaniya bu iltimosga rad javobini bergan.

"Apple bu ma'lumotni bermaguncha, uni boykot qilinglar", deb aytdi Tramp.

Kompaniya rahbari Tim Kuk Kaliforniya sudi chiqargan farmoyishga qarshi borib, FQBga yordam berishdan bosh tortgan. Kukning bu qarorini Google, Facebook va WhatsApp kompaniyalari qo‘llab-quvvatladi.

Top