22:50 / 20.02.2016
4843

Fors ko‘rfazi arab davlatlari Ar-Riyodning Livan qurolli kuchlariga boshqa homiylik qilmaslik qarorini qo‘llab-quvvatladi

20 fevralda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi Saudiya Arabistonining 19 fevraldan Livan qurolli kuchlariga homiylik qilishni to‘xtatish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda kengashning bosh kotibi Abdul Latif az-Zayoniy bayonotida aytildi.

"Kengashga a'zo davlatlar umumarab kelishuvga qarshi boruvchi va mamlakat hamda tashkilot davlatlari bilan munosabatlarning chuqurligiga mos bo‘lmagan Liviyaning rasmiy pozitsiyasiga javob tariqasida qabul qilingan qirollikning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi", deb keltirmoqda az-Zayoniyning so‘zlarini Saudiya agentligi. Az-Zayoniy "Kengashda Livan xorijiy manfaatlar asiriga aylanishga qaror qilganidan afsusda ekanliklarini" ta'kidlab o‘tdi.

19 fevralda Saudiya Arabistoni Livan armiyasiga 3,1 mlrd dollarlik fransuz qurol-aslahasining yetkazilib berilishini moliyalashtirishni to‘xtatishi ma'lum bo‘ldi. Ar-Riyod Bayrutga ichki xavfsizlikni qayta jihozlash uchun va'da qilingan grantni (1 mlrd dollar) ajratishni to‘xtatib qo‘ydi. Saudiya hukumatidagi manbaning ta'kidlashicha, qirollikning bunday qadam qo‘yishiga Livan tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlariga to‘g‘ri kelmaydigan pozitsiyani egallagani sabab bo‘lgan.

Livanning The Daily Star gazetasining tushuntirishicha, Saudiya Arabistonining bunday qaror qabul qilishiga Livan tashqi ishlar vaziri Jabron Bosilning Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorligi tashkilotidagi yig‘ilishlarda o‘zini tutishi sabab bo‘lgan. Ikkala yig‘ilishda ham Bosil Eron va "Xezbollah" shia guruhini qoralovchi rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan.

Top