20:12 / 20.02.2016
2873

OAV: Gretsiyaga kelayotgan qochqinlar soni keskin ko‘payib ketdi

Gretsiyaga kelayotgan qochqinlar soni keskin ko‘payib ketdi, deb yozmoqda Kathimerini gazetasi.

Ta'kidlanishicha, 16-19 fevral kunlari Gretsiyaga 11 mingdan ko‘proq qochqin kelgan.

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 18 fevralda Gretsiyaga 4,6 mingga yaqin, 19 fevralda esa 4,8 mingga yaqin qochqin kelgan. Shu bilan birga yil boshidan beri Gretsiyaga kuniga 1,74 mingga yaqin qochqin kelmoqda.

2016 yilning fevralidan boshlab Gretsiyaga 27,5 mingdan ko‘proq muhojir kelgan.

Avvalroq Gretsiya joriy yilda migratsiya inqirozi bilan kurashish uchun o‘z yalpi ichki mahsulotining 0,3 foizga yaqinini yoki 600 mln yevro sarflashi ma'lum qilingandi. Bolqon davlatlari bilan chegara yopilgani sababli ko‘proq sondagi muhojirlar Gretsiyada qolishga qaror qilsa, bu miqdor yanada oshishi mumkin.

Top